O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni
tugatayotgan talabalarni bandligini ta’minlash uchun ikkita bankka $300 mln
ajratildi.
Avvalroq 30-iyun — Yoshkar kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan
uchrashuv o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
Unda startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratilib, ularni
moliyalashtirishga $145 mln venchur sarmoya kiritildi. Prezident bu $1 mlrdga
yetkazilishini aytdi. Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun
“mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100
mlrd so‘m grant ajratiladi.
4–15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan
o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan
o‘tkazilgandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish
kurslarida o‘qitish rejasi tasdiqlandi.
Shuningdek, o‘qituvchilarning diagnostika testida yiqqan ballariga ko‘ra malaka oshirish shakli quyidagicha belgilandi:
➖ 76-100 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar birinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralmagan holda (onlayn);
➖ 56-75 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar ikkinchi tabaqaga mansub o‘quv dastur asosida 1-yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 2-yili ishdan
ajralgan holda (offlayn), 3-yili esa ishdan ajralmagan holda (onlayn);
➖ 31-55 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar uchinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 1-yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 2-yili ishdan
ajralmagan holda (onlayn), 3-yili ishdan ajralgan holda (offlayn);
➖ 0-30 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar to‘rtinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka
oshiradi.
Ma’lumot uchun: 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab 500 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida
o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etildi, 2024-2025-o‘quv
yilidan boshlab esa mazkur maktablarning har biriga 2 tadan maktab
biriktirilib, yangi tizimning qamrovi 1 500 taga oshirildi.
Bu startap grantlari juda yaxshi imkoniyat, o‘quvchilar uchun katta yordam! 😊
O‘zmilliybank va Aloqabankning dasturlari ajoyib, ish topish osonlashadi. Rahmat!
Ikkisidan birida ishlaysizmi deymanda)
Ikkisidan birida ishlaysizmi deymanda)
Mening kasbim tanlovi haqida ko‘proq ma’lumot bersangiz?